“Telegram” messenjeri va boshqa platformalarda tarqatilayotgan “Pulni ikki barobarga ko’paytirib beramiz”, “Treyding orqali tez boying” kabi va’dalarga ishonmang. Bularning aksariyati firibgarlikdir. Esda tuting: tekin pishloq faqat qopqonda bo’ladi. Shubhali saytlarga yoki kanallarga kirishdan saqlaning, hattoki xabar yaqin insoningiz nomidan kelsa ham. Firibgarlarning qurboni bo’lishdan ehtiyot bo’ling va internetda tarqatilayotgan ma’lumotlarga tanqidiy yondashing. Agar shubhali xabar yoki guruhga duch kelsangiz, havolasini yuborib bizga xabar bering. Sizning xavfsizligingizni ta’minlashda doimo yordam berishga tayyormiz!